10:51 / 28.12.2018
3 092

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan bir-birini qutladi, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar va aniq loyihalarni muhokama qildi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan 2018 yilda ikki tomonlama munosabatlar yangicha sur’at, sifat va mazmun kasb etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligini yanada rivojlantirishning ta’sirchan mexanizmiga aylangan Hukumatlararo qo‘shma komissiya doirasida uchrashuvlar muntazam tashkil qilinmoqda. Noyabr oyida birinchi hududlararo hamkorlik forumi muvaffaqiyatli o‘tdi.

O‘zaro savdo hajmi yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda, mashinasozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat sanoati, turizm, transport va logistika sohalarida kooperatsiya dasturlari va loyihalari ro‘yobga chiqarilmoqda. Madaniy-gumanitar almashuv dasturi sermazmun bo‘lgani qayd etildi.

Hozirgi paytda 2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazish doirasida qator yirik tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev qardosh O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari manfaati yo‘lida ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, shuningdek, strategik sheriklik munosabatlarini bundan buyon ham faol rivojlantirishga intilishi qat’iy ekanini ta’kidlashdi.

Muloqot so‘ngida prezidentlar yangi 2019 yilda mamlakatlarimizga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tilab, xalqlarimizni yana bir bor samimiy tabrikladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi