
Renovatsiya dasturi — eskirib qolgan uylar o‘rniga eng zamonaviy uylar qurish loyihasini ishga tushirish kerak. Toshkentda ham kanalizatsiyasi yo‘q uylar bor. Ularni buzib, o‘rniga yangi uylar quriladi. Odamlar kindik qoni to‘kilgan joydan ko‘chirilmaydi. Olti oyda 9—11 qavatlik uylar qurishni o‘rganib oldik. Eski uylari buzilgan odamlarga barcha sharoitlari bor uylar beriladi, — deydi Prezident.
Toshkentda renovatsiya Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlanadi. Shuningdek, Prezident aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash zarurligini ta’kidladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 65 foizdan 75 foizga oshiriladi. Prezident Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda bu borada tegishli dastur ishlab chiqishni vazifasini yukladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar