15:57 / 06.01.2019
7 274

Andijondagi hayvonot bogʻi qorovuli sherlar qafasiga kirgani tasvirlangan video

Andijondagi hayvonot bogʻi qorovuli sherlar qafasiga kirgani tasvirlangan video
Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi hayvonot bogʻi qorovuli sherlar gʻajib tashlashi oqibatida halok boʻlgani xabar qilingandi.

“Zamon” dasturida ushbu hodisa sodir boʻlgan vaqtdagi video kameralar qayd etgan yozuvlar koʻrsatildi, deya xabar berdi UZ24.

Tasvirlarda qorovul 2018 yilning 30 dekabr kuni 16:39 da sherlar saqlanadigan qafasning yoniga kelganini koʻrish mumkin. Dastlab ushbu qafas yonida bir oz turgan. Soʻngra 16:42 da qafasga kirib ketgan. Soat 16:50 boʻlishiga qaramay, qorovul qafasdan qaytib chiqmagan.

Sud-tibbiy ekspertizasi maʼlumotnomasiga koʻra, “boʻyin va tananing boshqa sohalarida koʻplab ochiq yaralar, tananing orqa yuzasida koʻplab oʻtkir botiq yaralar jarohatlari” yetkazilishi va oʻtkir qon tomir yetishmovchiligi natijasida voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, 45 yoshli Xudoyberdiyev Alimardon 2018 yilning 24 dekabrida hayvonot bogʻiga qorovul boʻlib ish boshlagandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi hayvonot bogʻi qorovuli sherlar qafasiga kirgani tasvirlangan video