2018 yilning 25 dekabr kuni fuqaro K.L.ning arizasi yuzasidan DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
Tadbir davomida “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK Andijon shahar filiali mutaxassisi I.S. rahbari D.T. oʻziga noqonuniy ravishda oʻzlashtirib olgan Andijon shahrining Koʻmakay massivida joylashgan 2 ta 4 sotixli yer-uchastkalarining har biri uchun 10 ming dollardan, jami 20 ming dollarni talab qilgan. I.S. vositachi N.M. orqali oldindan 10 ming dollarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
I.S. olingan pullarni boshligʻi D.T.ga berishi kerakligini taʼkidladi. Uning pushaymonlik arizasi asosida tadbir davom ettirildi. Andijon shahar “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK boshligʻi D.T. qoʻl ostidagi xodimi I.S.dan kelishilgan yerlardan birini ajratish boʻyicha shahar hokimining qarorini chiqarish uchun 10 ming dollar olib, I.S.ga 1 ming dollarni qaytarib beradi. D.T. qolgan 9 ming dollarni olib ketayotgan vaqtda ushlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 168-(firibgarlik) va 211-(pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)