
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Payariq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi.
Bildirilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.
Abdumo‘min Sunnatovich Jo‘rayev o‘z arizasiga binoan Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Shu paytgacha Toyloq tumani hokimi birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Dilshod Sultonovich Musinov Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun: senator Abdumo‘min Jo‘rayev 2013 yildan beri Payariq tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar