date
views 6 682

Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimi yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi

Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimi yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi
Gurlan tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi U. K. 600 dollar pulni pora sifatida qabul qilib olayotganda qo‘lga tushdi. Aytishlaricha, hokim yordamchisi U. ismli ayolni bolalar bog‘chasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 600 dollar talab qilgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari tarafidan qo‘lga olingach, U. K. tuman maorif bo‘limidagi o‘ziga sheriklik qilgan odamni ham sotdi. Aftidan ular ikkovlashib 600 dollarni bo‘lishib olishga kelishishgan shekilli.
Ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayoni boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimi yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi