
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 2018 yilda FHDYo organlari tomonidan 311,4 ming nikoh qayd etildi.
Tuzilgan nikohlar sonining yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (12,2 %), Jizzax (6,9 %), Toshkent (5,9%) viloyatlari, Toshkent shahri (5,7 %) va Andijon (5,6 %) viloyatiga to‘g‘ri keldi.
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 32,3 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi. Ajrimlarning yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (31,3 %), Toshkent shahriga (19,4 %), Surxondaryo (5,6%) va Toshkent (2,8 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Ajrimlarning nisbatan sezilarli kamayishi Xorazm (23,1 %) va Qashqadaryo (20,0 %) viloyatlarida kuzatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar