
Samarqand viloyati Oqdaryo tuman ma’muriy sudi raisi O.F. 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytida qo‘lga olingan. Bu haqda «UzNews.uz» huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.
O.F. fuqaro A.T.dan unga nisbatan tayinlangan ikki yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini qisqartirib berish evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pul so‘ragan.
Joriy yilning 18 yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni olib, qolgan 50 dollarni tez kunda olib kelishini talab qilgan.
2019 yil 22 yanvar kuni O.F. fuqaro A.T.dan 50 dollarni o‘z xizmat xonasida pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.
O.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi qamoqqa olinib, tergov olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar