Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari 11 yanvardan AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da bo‘lib o‘tayotgan «Janubiy zarba» hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mazkur mashg‘ulotlarning uchinchi – asosiy fazasini kuzatish uchun AQShga jo‘nab ketdi.
«Janubiy zarba» taktik mashg‘ulotlari – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan Galfport shahrida joylashgan jangovar tayyorgarlik va birlashgan kuchlarning Kemp-Shelbi o‘quv bazalarida o‘tkaziladigan yirik o‘quv-jangovar mashg‘ulotlari hisoblanadi. O‘quv mashg‘ulotlari barcha qo‘shin turlari hamda qo‘riqlov bo‘linmalari, zaxira kuchlari va doimiy qo‘shinlar uchun amaliyotda jangovar shaylikni ushlab turish hamda AQSh va asosiy ittifoq qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ta’minlash kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mazkur keng miqyosdagi mashg‘ulotlarda Kanada, Chili va Niderlandiya harbiylari ham qatnashmoqda.
AQShga rasmiy tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Tampa shahridagi (Florida shtati) «CENTCOM» bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin