23:13 / 29.01.2019
5 297

Kassa cheklaridan zaharlanish isbotlandi

Kassa cheklaridan zaharlanish isbotlandi
Hamma foydalanishga ruxsat etilgan, Terminal, Faks, kassa qurilmalari, bankomatlar, aviabiletlar yoki boshqa shu kabi qurilmalarda ishlatiladigan termoqogʻoz inson salomatligi uchun juda xavfli boʻlib chiqdi. Shuni taʼkidlab oʻtamiz bu zaharlanish umuman hamma cheklarda bor. Olimlar 20 mingdan ortiq tajribalar oʻtkazishdi va shundan keyingina ushbu xulosaga kelishdi.

Xulosa shuki ushbu chek qogʻozlari inson salomatligiga juda jiddiy taʼsir koʻrsatadi va uni zaharlaydi. Termoqogʻozda kimyoviy modda ishlatiladi va bu kelgusida quyidagi kasalliklar: saraton, qandli diabet, bepushtlik, miya nuqsonlari, chaqaloqlarni nogiron tugʻilishiga va boshqa 500 dan ortiq kasalliklariga sababchi boʻlishi 100% tasdiqlandi.

Mutaxassislar nimaga bu xulosaga kelishgan? Zamonaviy asrimizdagi barcha issiqlik qogʻozi yaʼni “termo qogʻoz” lar oʻzida kimyoviy modda “Bisfenol A” saqlaydi. Ushbu modda nimasi bilan farqlanishiga kelsak u zaharli modda hisoblanadi.

Olimlar bu haqida butun dunyoga bong urishdan oldin albatta juda koʻpgina tajribalar oʻtkazishdi. Shunaqa tajribalardan biriga 24 ta koʻngilli oʻz ehtiyori bilan qatnashgan.

Ulardan qon, peshob namunalari tajribadan oldin va keyin maʼlum vaqt oraliqlarida olingan. Ularning ayrimlariga himoya qoʻlqoplari boʻlgan, qolganlarida esa yoʻq. Tajriba xulosasi, “Bisfenol A” toksinidan zaharlanish har 100 ta tajribadan 83 tasida 100% qoʻlqopsiz chek bilan aloqada boʻlgan koʻngillilarda aniqlangan.

Yana shuni aytib oʻtishni joiz deb topdik, tajribada juda yuqori zaharlanishni, inson salomatligiga juda katta falokat, hatto oʻnglab boʻlmas darajadagi holatlar “issiqlik qogʻozlari” bilan 1 soatdan koʻp aloqa qiladigan va buni har kun qiladigan insonlarda aniqlangan.

Ushbu qogʻozlar bilan 5 yoki 10 soniya aloqada boʻlgan insonlar bilan ham yuqoriga holatlar uchraydi faqat ular kamroq zaxarlanishadi.
Qisqa qilib shuni aytish kerakki zaharni tomchisi ham zahar!

Ushbu soʻzlardan soʻng cheklar bilan aloqa qiladigan eng zamonaviy va mashhur shaharlarda ham qogʻozlardagi “Bisfenol A” miqdori tekshirildi. Unga koʻra ushbu zaharli moddaning eng kam miqdori bor boʻlgan hudud Fransiya va Angliya boʻlib chiqdi va ularning koʻrsatkichi normadan 50% dan 75% yuqori darajada boʻlib chiqdi. Demak boshqa hududlardagi chek qogʻozlari haqida gapirib oʻtirish shart emas.

Hozir rivojlanish jadal ketayotgan bir paytda qaysi mahsulotning tarkibida nima bor? Buni bilish ancha mushkul boʻlib qolmoqda.
“Bisfenol A” ni bolalar suv idishlarida ishlatish taqiqlangandi, lekin ushbu modda oʻsha idishning qopqogʻida borligi aniqlangan.
Diqqat! Hushyor boʻling.

“Bisfenol A” har hil quyoshdan himoyalovchi kremlar, atir upalar, sovunlar taʼsirida juda tez inson organizimiga soʻriladi.
Oziq ovqatlar yaqiniga, chek qogʻozlarini solishni maslahat bermaymiz, undan soʻng chek bilan aloqada boʻlgach qoʻlingizda “Bisfenol A” albatta qoladi demak qoʻlni yuvmasdan ovqatlanish qaysidir dardli kassalikni darvozasini ochish bilan barobar.

Bu bilan biz sizni qoʻrqitish niyatida emasmiz, shunchaki ogohlantirib qoʻyish bizni burchimiz. Hech kim aytmasa bu dushmanni yoʻqligini bildirmaydi.
Nima boʻlganda ham oʻzingizni, oʻz oila aʼzolaringizni, hozirda hamma joyda uchratish mumkin boʻlgan koʻrinmas yovdan himoya qiling!

Cheklarni plastic xaltalarda saqlash imkoniyati mavjud, agarda shunga zarurat boʻlsa! Uyda bolalarni qoʻli yetmaydigan joyda iloji boricha uyda saqlamaslikni yoʻlini qidiring!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kassa cheklaridan zaharlanish isbotlandi