
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Yunusobod va Shayxontohur tumanlari chegarasida joylashgan “Navroʻz” madaniyat va dam olish bogʻi hududida yoʻlovchilar uchun moʻljallangan ilk osma koʻprik barpo etilmoqda, deb yozadi Uz24.
Anhor kanali ustidan oʻtuvchi koʻprik har birining uzunligi 90 metr atrofidagi uchta yoʻlakdan tashkil topgan.
Koʻprik qurilishini “Oʻzbekiston temiryoʻllari” Rossiyaning “Kurganstalmost” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib bormoqda. Unga 50 nafar quruvchi jalb etilgan.
Toshkent shahar hokimligining videoreportajida taʼkidlanishicha, yaqin vaqt ichida koʻprikning ochilishi rejalashtirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar