18:57 / 03.02.2019
7 799

Toshkentda o‘g‘il o‘z otasini urib o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda o‘g‘il o‘z otasini urib o‘ldirib qo‘ydi
Foto: IIV
2019 yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani Taqachi ko‘chasida yashovchi S.B. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashagan otasining tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada ota kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2 fevral kuni vafot etgan. S.B. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘g‘il o‘z otasini urib o‘ldirib qo‘ydi