5 382
Toshkent metrosiga modernizatsiya qilingan vagonlarning yangi partiyasi qoʻyilmoqda (foto)
Temir yoʻl transportida aholiga sifatli xizmat koʻrsatish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yoʻlovchi tashish borasida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shinam va qulay poyezdlar harakatini joriy etish, jahon standartlariga toʻla javob beradigan vagonlarni ishlab chiqarish bugungi dunyo talablaridan biridir, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” axborot xizmati.
Qayd etilishicha, “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoʻlovchi vagonlarini sifatli va zamonaviy tarzda taʼmirlash, har tomonlama jahon standartlariga javob beruvchi yangi vagonlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, bu yerda yoʻlovchi vagonlari tubdan qayta taʼmirlanadi. Ichki qismi zamonaviy dizayn asosida bezatiladi. Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi.
Zavod 2014 yilda metro vagonlarini taʼmirlash boʻyicha xalqaro sertifikatga ega boʻlgan. Bu yoʻnalishda korxona mutaxassislari tomonidan bir qator izlanishlar olib borildi. Jumladan, eski metro vagonlari tubdan taʼmirlanib, yangi dizayn asosida oʻzgacha qiyofaga olib kelindi. Buning natijasida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi zamonaviy, keng va yorugʻ metro vagonlariga ega boʻldi.
2018 yilda temiryoʻlchilar tomonidan 6 ta metro poyezdi (24 ta vagon) yangidan modernizatsiya qilindi va foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 7 ta ana shunday poyezdni (28 ta vagon) tubdan taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunlarda 1 ta tarkib (4 vagon) shay holatda va metropolitenda sinovdan oʻtkazilmoqda. Eng muhimi yaroqlilik muddati tugagan vagonlar umri 15 yilga uzaytirilmoqda.
Metro vagonlarini modernizatsiya qilish jarayonida ishlatiladigan butlovchi qismlarning (vagon telejkalari va ichki jihozlar) 30-40% ushbu zavodning oʻzida ishlab chiqarilmoqda. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2014 yildan 2018 yilgacha boʻlgan davrda jami 14 ta metro poyezdi, yaʼni 56 ta vagon modernizatsiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi