2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ismli ayol) o‘z uyida oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (marinovka) iste’mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ularning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIV fuqarolarni uy sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilishda hamisha hushyor bo‘lib, avvalo uning iste’molga yaroqlilik holatiga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi