Mutaxassislarning ta’kidlashiga ko‘ra, 2019 yil fevral oyida sodir bo‘ladigan magnit bo‘ronlari sezilarli darajada muammolar tug‘dirishi mumkin. Ayniqsa, havoning sovuqligi tufayli surunkali xastalik bilan og‘riganlarga magnit bo‘ronlaridan ko‘proq aziyat yetishi taxmin qilingan.
19-21 fevral kunlari sodir bo‘ladigan magnit bo‘roni
Bu kunlari kuchli magnit bo‘ronlari kuzatiladi. Ular hatto sog‘lom odamlarga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Biz diqqat-e’tibor susayishini, jismoniy holat yomonlashuvini, jahldorlik, asabiylik, uyqusirash yoki aksincha uyqusizlikni boshdan kechirishimiz mumkin. Surunkali xastaliklar qo‘zg‘alishi kuzatiladi.
26-28 fevral kunlari sodir bo‘ladigan magnit bo‘roni
Bu bo‘ron oldingilaridan kuchsizroq kechadi. Lekin baribir salomatlikka jiddiy e’tibor qaratish, sergak turish tavsiya qilinadi.
Magnit bo‘roni paytida nimalarga e’tibor berish kerak?
Bu kunlari organizmni jismonan zo‘riqtirish tavsiya etilmaydi. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar, spirtli ichimliklar iste’moli yoki boshqa zararli odatlar taqiqlanadi. Meva-sabzavotlar, qatiq, sut mahsulotlari, sharbatlar iste’moli tavsiya etiladi.
Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar hamisha salomatligini e’tiborda ushlagan holda dorilarini o‘zlari bilan olib yurishlari lozim bo‘ladi. Avtomobil rulini kamroq boshqarish, jismoniy zo‘riqishlarni kamaytirish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?