10:35 / 13.02.2019
3 579

O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi

O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi
O‘zbekistonda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida shu haqda aytilgan.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3982-son qarorining 2-bandini inobatga olgan holda:

- O‘zbekiston Respublikasining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi;
- fuqarolik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, qonunning qabul qilinishi fuqarolikka kirish va chiqish bilan bog‘liq jarayonni soddalashtirish asosida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 iyun, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 iyul.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi
[/banner_pushhouse