Ayrim tadbirkorlarga alkogol va sigaretani naqd pulga sotishga ruxsat beriladi

2026 yil 1 iyundan ayrim toifadagi tadbirkorlar uchun yangi yengilliklar joriy etiladi. Bu joriy yil 26-may kuni imzolangan Prezident farmonida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.
Umumiy ovqatlanish sohasida ayrim xodimlarni mobil ilova orqali soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratiladi. Bu jarayon shu kunning o‘zida va muayyan muddatga amalga oshirilishi mumkin.
Bundan tashqari, to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi ham o‘zgarmoqda. Endilikda tushumning naqd yoki naqdsiz shaklidan qat’i nazar, to‘langan soliq summasining 40 foizi qaytariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!