Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov joriy yilda Toshkent metropolitenining 14 ta yangi bekati foydalanishga topshirilishini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati ishga tushadi. Shuningdek, yerusti Yashnobod metro yo‘nalishi ham foydalanishga topshiriladi. Bu yo‘nalishda 12 ta bekat ishga tushadi», — deydi hokim o‘rinbosari.
Toshkent shahrida metropolitenga bog‘liq uchta loyiha amalga oshirilmoqda — Sergeli, Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish hamda metro xalqa yo‘lini barpo etish ishlari. 2017 yili hukumat metropolitenning Yunusobod yo‘nalishida yakunlanmay qolgan ishlarni tugatishga qaror qildi. Ushbu yo‘nalishda qurilishi nazarda tutilgan liniyaning uzunligi 2,9 kmni tashkil etadi.
Bundan tashqari, umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil etuvchi yerusti metro xalqa yo‘li (MXY) ham qurilmoqda. MXYda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 60 km/s, umumiy liniyani bosib o‘tish uchun 1 soat-u 10 daqiqa talab etishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi