Toshkentda Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida 3 yoshli qizaloqni qasddan o‘g‘irlab ketgan yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Muzaffar ismli yigit turmushidan ajrashgan Shahina ismli farzandi bor ayol bilan tanishadi. Ayol uylanmagan yigitni sha’riy nikohdan o‘tishga ko‘ndiradi. Lekin o‘zi eski odatini tark qilmay, dugonasi bilan ko‘ngilochar joylarda, tungi klublarda yurishda davom etadi.
Xotinining xiyonatlaridan xabar topgan Muzaffar uni uyga qaytishga undaydi, ammo u rozi bo‘lmaydi. Shunda Muzaffar Shahinaning dugonasining 3 yoshli farzandini o‘g‘irlaydi va noma’lum joyga yashirinadi.
Bu orqali yigit bosim o‘tkazib, xotinini uyga qaytarishni o‘ylaydi.
IIV xodimlari o‘tkazgan tadbir natijasida aybdor qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qizcha esa oilasiga sog‘-omon qaytarilgan.
Sudda ayblanuvchiga nisbatan bir qancha yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Mazkur holat yuzasidan "Zamon" informatsion dasturida ko‘rsatilgan videolavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin?
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”