17:30 / 24.02.2019
8 053

Kadastr ma’lumotlari uchun ochiq portal ishga tushadi

Kadastr ma’lumotlari uchun ochiq portal ishga tushadi
Yer tuzish va undan samarali foydalanishni nazorat qilish, aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatish maqsadida onlayn geoaxborot tizimi joriy etilmoqda. Kadastr ma’lumotlarini aniq va ochiq tarzda keng aholiga taqdim etuvchi portal Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Sun’iy yo‘ldoshlar orqali tushirilgan fazoviy suratlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida hududlardagi har bir ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risida ma’lumotlar, uning ko‘rsatkichlari yig‘ilib, ushbu geoportal uchun kartografik ma’lumotlar bazasi xarita ko‘rinishida shakllantiriladi.
Kelgusida ushbu geoportal fazoviy geotahlillar qilish va prognozlash ishlari, asosiysi, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish uchun asosni yaratishni avtomatlashtirishdan iborat.

Portalda nafaqat davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish va ma’lumotlarini to‘plash, balki shu ma’lumotlar asosida aholiga interaktiv xizmatlar taqdim etish ham ko‘zlangan.
Hozirda mazkur loyiha arxiv ma’lumotlari asosida test rejimida ishlamoqda.

Portalni doimiy aktiv holatini ta’minlash maqsadida foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari bilgan joylar to‘g‘risida ma’lumot kiritishi yoki mavjud ma’lumotlarni tahrirlash imkoniga ega bo‘lishadi. Kiritilgan ma’lumotlar qo‘mita mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi va har oyda «eng ko‘p ma’lumot kiritgan sayt a’zosi», «eng to‘g‘ri ma’lumot kiritgan sayt a’zosi» nominatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar berib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr ma’lumotlari uchun ochiq portal ishga tushadi