O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi 150-sonli qaroriga asosan Toshkent shahri hududida 1 martdan 1 iyulga qadar onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik sub’ektlarini unda ishtirok etishga chaqirdi. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun qaror bilan belgilangan fiskal ma’lumotlar operatoriga, ya’ni «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markaziga yozma murojaat qilib, fiskal moduliga ega bo‘lishi talab etiladi. Tajriba loyihasini o‘tkazish davrida fiskal modul bepul beriladi.
So‘ngra fiskal modulni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali «Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» interaktiv xizmati yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan fiskal modulni elektron hisoblash mashinalariga yoki boshqa qurilmalarga o‘rnatish va sozlash ishlarini bajargandan so‘ng tadbirkorlik sub’ekti tajriba loyihasi ishtirokchisiga aylanadi.
Bundan tashqari, «Yuridik shaxslar nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish» interaktiv xizmatida kun davomida kassa cheklari bo‘yicha tushumni ko‘rib borish imkoniyati yaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat