2019 yilning 26 fevral kuniga qadar shahar hududida haydovchilarning aynan orqaga harakatlanishlari vaqtida 9 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etildi va ularda 9 nafar fuqaro tan jarohatlari oldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha turdagi avtomototransport vositalarining haydovchilariga hamda harakatning boshqa ishtirokchilariga murojaat qildi.
“Hurmatli haydovchilari va yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanish vaqtida doimo hushyor bo‘ling! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning. Haydovchilar, transport vositasini boshqarish jarayonida, ayniqsa orqaga harakatlanishda yon oynalardan samarali foydalaning, lozim bo‘lsa orqa oynadan ko‘rinish yetarli bo‘lmasa, erinmang, avtomashinadan tushib, bir karra orqa tomonni ko‘zdan kechiring. Bu xavfsizlikni ta’minlash, insonlar hayotini asrashda juda ham muhim omil ekanligini unutmang!” - deyiladi murojaatda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi