
Toshkent hayvonot bogʻida 1 martdan kirish chiptalari narxi oshdi. Bu haqda hayvonot bogʻi saytida xabar berildi, deb yozmoqda Darakchi.uz.
Qayd etilishicha, kommunal xizmatlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshganligi munosabati bilan Madaniyat vazirligining 2019 yil 25 fevraldagi xatiga hamda Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasining 2019 yil 27 fevraldagi koʻrsatmasiga asosan, 2019 yil 1 martdan Toshkent hayvonot bogʻi kirish chiptalarining narxi oshgan.
Yangi narxlar quyidagicha belgilandi:
-7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun - bepul;
-7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun - 10 000 soʻm;
-kattalar uchun - 15 000 soʻm;
-muddatli harbiy xizmatdagi askarlar uchun - 10 000 soʻm;
-yoshga doir nafaqadagi shaxslar uchun - 10 000 soʻm;
-nogironligi boʻlgan shaxslar uchun - bepul.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar