
“Yuventus” klubi YECHL 1/8 final javob bahsi doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan oʻyinda (3:0) gʻalaba qozondi. Buning natijasida klubning aksiyalari koʻtarildi.
Seshanba kuni bitta aksiya bahosi 1,22 yevro edi, chorshanba ertalabdan esa bu 26 foizga koʻtarildi. Kunning yarmiga kelib aksiya bahosi biroz tushgan va hozirda oʻsish 16 foizni tashkil qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Atletiko”ga qarshi Madriddagi oʻyindan soʻng aksiyalar 10 foizga tushib ketgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar