Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi Urganch tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Urganch tumanida yashovchi fuqaro S.Yu.Yangibayevning murojaatiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar, “N.Kubro” koʻchasida yashovchi, F.Saburboyev, hech qayerda ishlamasdan va foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, firibgarlik yoʻli bilan yengil daromad topib boyish maqsadida, oldindan oʻziga tanish boʻlgan Z.Yaqubovaning iltimosiga koʻra, tamomlangan ijro ishi boʻyicha S.Yangibayevdan pul undirish maqsadida, undan “1 mln. soʻm pul evaziga ushbu pullarni undiruvchi Z.Yaqubovaga berib, aliment ishini yopib beraman” deb aldab, ishonchini suisteʼmol qilib, 1 mln. soʻm pullarni Urganch tumani, Mustaqillik koʻchasida joylashgan qurilish mollari doʻkoni yonida olgan vaqtida, Byuroning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Urganch tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ushlandi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro F.Saburboyev tomonidan oʻz ixtiyori bilan 1 mln. soʻm tekshiruvlarga taqdim qilindi va ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Mazkur holat boʻyicha fuqaro F.Saburboyevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovni tashkillashtirish uchun Urganch tuman prokuraturasiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi