3 981
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida oʻzgarish boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 13-bandiga oʻzgartirish kiritildi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 13-bandi (Tashkilotlar kassasiga naqd pullar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qoʻyilgan kassa kirim orderi boʻyicha qabul qilinadi) ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir shtampi (shtamp mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tushirilgan chipta (slip) pul topshirgan shaxsga beriladi.”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi