date
views 3 003

Namanganda YHXB haydovchilarga qahva taklif etmoqda (video)

Namanganda YHXB haydovchilarga qahva taklif etmoqda (video)
Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
Qamchiq dovonidan oʻtuvchi “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlida ikki joyda haydovchilar uchun kichik qahvaxonalar tashkil etildi. Bu haqda Namangan viloyat IIB YHXB matbuot guruhiga tayanib “Daryo” maʼlum qildi.

— Maqsad uzoq masofadan, ayniqsa tungi vaqtda kelayotgan haydovchilar hushyorligini oshirish, charchoq alomati sezilganda tetiklashtirishdan iborat. Ularga ushbu qahvaxonalarda bepul ravishda qaynoq qahva va choy taklif etilmoqda, — deydi guruh katta inspektori Shokirjon Hoshimov.

Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
Birinchisi Toshkent — Oʻsh yoʻlining 221-kilometridagi nazorat maskanida, ikkinchisi Namangan muntazam yoʻl-patrul xizmati maskanida tashkil etilgan qahvaxonalarda yoʻl-transport hodisalari oqibatlari aks etgan videolavhalar namoyishi ham yoʻlga qoʻyildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda YHXB haydovchilarga qahva taklif etmoqda (video)