
Ijtimoiy tarmoqlarda “Feysbuk”ning “Xorazm va xorazmliklar” guruhida talaba qizning turmushga chiqarilishi bilan bogʻliq video tarqaldi.
Videolavhaga shunday izoh berilgan (mazmun saqlangan holda tahrirlandi): “Urganch Tibbiyot kolleji direktori Muborak opa Ahmedova savobli bir tashabbus koʻrsatdi. Kollejda tahsil oluvchi chin yetim talaba qizni oʻz qiziday qilib uzatdilar, shahar hokimligi boshchiligida, kollej maʼmuriyati va mahalla faollari ishtirokida xalqqa osh berildi. Bunday savob ishlarni qilish har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Eng qizigʻi, qizni kollej binosidan yor-yor sadolari ostida, boshqa qizlar kuzatuvida uzatdilar. Kuyovnavkarlar ham kollejga kelishdi. Muborak opani hamisha Alloh qoʻllasin. Xayrli ishlarga qoʻl uribsiz, savobidan bahramand boʻlib yuring”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar