Bojxonachilar tomonidan O‘zbekistonga uyali telefonlarni noqonuniy olib kirish holatiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan, aeroport avtoturargohida “Dehli-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchilardan telefonlarni yig‘ib olayotgan fuqaro T.A. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida Dehli aeroportida umumiy qiymati 39 million so‘mlik 26 dona “Redmi 6 Pro” uyali aloqa vositalarini Toshkent aeroportida yig‘ib olish iltimosi bilan tarqatib, mamlakatimizga noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Ammo uning bu rejasi amalga oshmadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”