3 359
Bosh prokuratura: uyini dollarda sotgan fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoq va ayrim OAVlarda Toshkentda uy savdosini xorijiy valyutada amalga oshirgan fuqarolar qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabar yuzasidan bayonotini e’lon qildi.
«Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda go‘yoki 2 xonali uyni 25 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.larning ushlangani to‘g‘risida OAVlarda berilgan xabarlar yuzasidan rasman ma’lum qilamizki, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir o‘tkazilmagan va o‘z-o‘zidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan» deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bosh prokuratura «jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanish va havola keltirish»ni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi