08:23 / 20.05.2019
5 481

O‘zbekiston va Belarus harbiy mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto, video)

O‘zbekiston va Belarus harbiy mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Sharqiy harbiy okrugning «G‘urumsaroy» dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston — Belarus maxsus bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi ofitserlari, Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Pop tumani hokimi, O‘zbekiston va Belarus mamlakatlarining harbiy xizmatchilari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tadbirda so‘zga chiqqanlar respublikalar o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani va aynan ikki mamlakat qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilayotgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari ana shu ishlarning uzviy davomi ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, «Jangovar hamdo‘stlik — 2019» shiori ostidagi mashg‘ulotlar joriy yil 20—27 may kunlari o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Belarus harbiy mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto, video)