date
views 6 543

Oila - muqaddas qo‘rg‘on (fotogalereya)

Oila - muqaddas qo‘rg‘on (fotogalereya)
Oila davlatimizning rivojlanishida eng asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Har qanday shaxs oilada tug‘iladi, tarbiyalanadi, shakllanadi. Oila – muqaddas qo‘rg‘ondir.

Xizmat faoliyati xususiyatiga ko‘ra, harbiylik kasbi va ularning oilasi boshqa soha vakillari oilalaridan tubdan farq qiladi. Harbiy xizmatchilar kecha-yu kunduz (zarurat tug‘ilganda, haftalab, oylab) Vatan himoyasi yo‘lida xizmat olib borishadi. Har qanday vaziyatlarda saf oldida turib, Vatan uchun kurashga shay turishadi.


Shu bois ularning oilalarida ayrim muammolar uchrab turadi. Xizmat turlari bilan bog‘liq holatlarning ko‘pligi va ularning asosiy vaqtlari o‘z oilasidan yiroqdaligi oilaning o‘ziga xosligidan biri hisoblanadi. Shuning uchun harbiylar oilasidagi munosabatlar barqarorligi harbiy xizmatchi uchun juda ham zarur hisoblanadi.


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda “Harbiy xizmatchilar oilalarini mustahkamlashning huquqiy, psixologik-pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilib, anjuman materiallari bo‘yicha to‘plam nashr etildi.

Oila institutini mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni harbiy xizmatchilar oilalariga joriy etilishi masalalarini tahlil etish hamda harbiy oilalar mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlash, harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilgan ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi ilm-fan namoyondalari ishtirok etishdi.

Jumladan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutidan G‘.Z.Ikmatullayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazidan psixologiya fanlari nomzodi F.A.Akramova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazidan pedagogika fanlari doktori professor M.Quronov, O‘zbekiston Respublikasi DXX Instituti falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yo.O.Ernazarova va Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidan peadgogika fanlari doktori Sh.T.Xalilovalar anjuman mavzusiga doir ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila - muqaddas qo‘rg‘on (fotogalereya)