
Davlat soliq qo‘mitasida Toshkent shahar soliq organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish yakunlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning yakunlari bo‘yicha poytaxtdagi davlat soliq xizmati organlarining 1100 xodimidan 43 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi, 32 foizi shartli ravishda tasdiqlandi, 25 foizi esa o‘z bilimlarini tasdiqlay olmadi.
Ushbu attestatsiya jarayoni 2016 yildan beri birinchisi bo‘ldi. Attestatsiya yangi soliq konsepsiyasi ijrosini ta’minlash uchun xodimlarning qonun hujjatlarini qanchalik bilishi, professional jihatdan o‘z lavozimiga mos yoki mos emasligini aniqlab berishda muhim ahamiyatga ega.
Attestatsiya yakunlari bo‘yicha lavozim darajasini pasaytirish yoki ko‘tarish, mavjud zaxiralarga ega yo‘nalishda xodimlarni bo‘shatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Ushbu choralar korrupsion elementlarni aniqlashga ham qaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar