20:43 / 01.06.2019
3 850

Farg‘onada qalbaki Coca-Cola va Pepsi ishlab chiqaruvchilar ushlandi

Farg‘onada qalbaki Coca-Cola va Pepsi ishlab chiqaruvchilar ushlandi
Foto: O‘zA
Marg‘ilon shahrida yashovchi Habibullo Usmonov uyining yerto‘lasida yashirin ravishda sex tashkil etib, hech qanday hujjatlarsiz, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan Coca-Cola, Fanta, Pepsi savdo belgisidagi ichimliklarni qonunga xilof ravishda tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uning noqonuniy faoliyati fosh bo‘ldi.

Undan 65 dona 1,5 litr va 2 dona 1 litr sig‘imli idishlardagi Pepsi, 26 dona 1,5 litr va 1 dona 1 litr sig‘imli idishlardagi Fanta, 14 dona 1,5 litr sig‘imli idishlardagi Coca-Cola nomli ichimliklar, 2 dona kislorod balloni, 658 dona yelim qopqoq, 10 dona qadoqlash selofan paketi va 500 dona bo‘sh yelim idishlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Farg‘ona viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan ichimliklar iste’molchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining sayyor sud majlisida H. Usmonovning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada qalbaki Coca-Cola va Pepsi ishlab chiqaruvchilar ushlandi