
Eslatib o‘tamiz, elektron viza e-visa.gov.uz portali orqali soddalashtirilgan va jadallashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Ayni paytda uni 75 ta davlat fuqarolari olishlari mumkin.
Elektron vizaning umumiy amal qilish muddatiga (90 kun), viza egasi O‘zbekistonda bo‘lishining cheklangan muddatiga (30 kungacha) o‘zgartirishlar kiritilmadi. Biroq ilgari amal qilgan qoidaga ko‘ra, chet ellik fuqaro kirib kelgan paytida vizaning amal qilish muddati tugashiga 30 kundan kam qolgan bo‘lsa, uning ana shu muddat davomida mamlakatimizda bo‘lishiga ruxsat berilar edi. Mazkur cheklov bekor qilindi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida qayd etishlaricha, ushbu yangilik bois turistlarning mamlakatda ko‘proq muddat bo‘lishiga imkon yaratildi. Haqiqatan ham shunday. 1 iyunda O‘zbekistonga kelgan Hindiston fuqarosi elektron vizasining amal qilish muddati 20 iyunda tugaydi deylik. Avvalgi qoidaga amal qilinsa, u faqat 20 iyungacha bu yerda bo‘lishi, so‘ng respublikadan chiqib ketishi kerak bo‘lardi. Kiritilgan tuzatish tufayli u 30 iyungacha O‘zbekistonda bamaylixotir qolishi mumkin.
Elektron VizaTurizmni RivojlantirishO‘zbekiston RespublikasiChet Ellik FuqaroViza Amal QilishDavlat Qo‘mitasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar