O‘tgan shanba — 8 iyun kuni juda qiziq ish bo‘ldi, deb yozmoqda andijonlik jurnalist Nurullo No‘’monov «Aldoqchi bankomat» maqolasida.
Naqd pulga ehtiyoj sezib, hamkasblar «Asakabank»ning Andijon shahrida «24/7» rejimida kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi, bir urinishda 5 million so‘mgacha naqd pul «yechib» olish mumkin bo‘lgan shoxobchasiga bordik. Taxminan yigirmanchi bo‘lib navbatga turdik.
E’tibor bersangiz, plastik kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirgan aksariyat mijozlar pulni sanamasdan kissaga urishadi. Chunki tasavvurimizda bankomat kompyuterlashtirilgan, aniq ishlaydi, aldamaydi, degan tushuncha bor. Bizdan oldin pul «yechgan»lar ham balki shu o‘yga borishganidan, ehtimol, navbati kelguncha kutib zerikkanidan, pulni sanamasdan cho‘ntakka solib chiqib ketishdi. Ammo... bankomat ham aldarkan!
Navbatda turganlardan biri plastik kartasidan 400 ming so‘m pul «yechdi». Bankomat esa unga... 200 ming so‘m sanab berdi. Mijoz pulning «cho‘g‘i» kamligini sezib, hammani hushyorlikka chorladi: «Odamlar, bankomatdan chiqqan pullarni sananglar!»
Shundan so‘ng «eksperiment» boshlandi. Ajabki, «operatsiya» bir xil davom etaverdi. 7 kishi plastik kartalaridan bankomatga 250 ming urib, 125 ming so‘m, 200 ming urib, 100 ming so‘m... qisqasi, teng yarmiga «yechib» oldilar.
Shanba banklarda ish kuni emas. Aldangan mijozlar shovqin-suron ko‘tarishdi. Zum o‘tmay, mas’ul xodim yetib keldi. Plastik kartalar tekshirildi. Bankomat hammani «aldabdi». Hisob-kitob joy-joyiga qo‘yildi.
— Nega bunaqa bo‘ldi?
Bu savolga bankomatga mas’ul bo‘lgan mutaxassis izoh berdi: «Kassetalar almashib qopti!»
Tushundikki, bankomatning 10 ming so‘mlik va 5 ming so‘mlik kupyuralar solinadigan kassetalari o‘rni almashib qolgan. Xatolikning asosiy sababi shu.
Ayni mavzuda bong urishdan maqsad — bankomatga tez-tez ishi tushadigan mijozlarni ogohlantirish, xolos. Plastik kartadan naqdlashtirdingizmi, pulingizni erinmay sanab qo‘ying. Tag‘in hisobingiz chiqmay, xunob bo‘lib yurmang, «kassetalar almashib qolishi» mumkin! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"