Foto:«Uza.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ayollar va erkaklarni teng huquqligi haqida gapiriladi. Ularga ta’lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun rag‘batlanishda va xizmat yuzasidan ko‘tarilishida teng huquqiy imkoniyatlar yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ–4235-son «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinishi belgilangan edi.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan 2000 yil 5 yanvarda 865-son bilan Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi