Rustam Baxtiyorovich Xoliqov «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019 yil 20 iyundagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq «O‘zbekinvest» EIMSK bosh direktorining eksport oldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati xabar bermoqda.
Rustam Xoliqov bungacha qadar «Xalq sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yozida bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Rustam Azimov «O‘zbekinvest»ga rahbar etib tayinlangandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi 4337-sonli «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq kompaniya tuzilmasida bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan edi.
Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari xizmat vazifasi eksportni sug‘urtalash orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompaniya faoliyatini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi