23:55 / 03.07.2019
2 758

“O‘zbekiston havo yo‘llari” beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qildi
Kecha O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining beshinchi yuqori texnologik Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti ishlab chiqaruvchi zavodidan Toshkentga keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

U78705 registratsiya raqami berilgan ushbu yangi samolyot oldingi to‘rtta avialaynerlar kabi, MAK aviaparkini raqobatbardoshlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun zamonaviy samolyotlar bilan jihozlash va kengaytirish investitsion loyihasi doirasida sotib olingan.

Beshinchi Boeing 787-8 Dreamlinerda ham yonilg‘i sarflash samaradorligini oshirish, ham shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga karbonat angidrid gazining ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B turboparrakli reaktiv dvigatellari o‘rnatilgan. Mazkur yangi layner parvoz paytida keng miqyosdagi internetga ulanish uchun sun’iy yo‘ldosh stansiyasiga ega bo‘lgan aviakompaniyaning to‘rtinchi samolyotidir.

Avialayner 246 (biznes klassda – 24 va ekonom klassda – 222) nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Unda yo‘lovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda Boeing 787-8 Dreamliner avialayneriga birinchi bo‘lib buyurtma bergan aviatashuvchidir. MAK “orzu layner”larining tijoriy ekspluatatsiyasini 2016 yil sentyabrda boshlagan. Bugungi kunda mazkur havo kemalarida Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlariga hamda Alyaskadan Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan masofalarda parvozlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning rivojlanish rejalariga muvofiq, milliy aviatashuvchi 2020 yilda oltita ushbu turdagi samolyotga ega bo‘ladi va MDH mamlakatlarida bunday samolyotlarning yetakchi foydalanuvchisiga aylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekiston havo yo‘llari” beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qildi