11:15 / 10.07.2019
4 495

Olimlar mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan mahsulotni aniqlashdi

Olimlar mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan mahsulotni aniqlashdi
Berlin universiteti olimlari ismaloq (shpinat) mushaklarni o‘stirishga yordam berishini aniqlashdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sabzavotlarda tabiiy doping bor – eksdisteron, fisteroid.

Tadqiqotlardan birida ismaloq iste’mol qilgan ishtirokchilarning mushaklari kattalashib, kuchi ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Olimlar tadqiqot davomida 46 kishini o‘rganishdi. 10 hafta davomida bir guruhga turli miqdorda ismaloq ekstrakti berib borilgan, boshqalarga esa bu sabzavot ko‘rinishida bo‘lgan modda (platsebo) berilgan. Bunda odamlar oddiy yerdan ko‘tarilish (otjimaniye) mashqini bajarishgan.

Tadqiqotda qatnashayotgan odamlar qaysi guruhga kirishini bilmagan. Tadqiqot yakunida bir guruh a’zolarida mushaklar sezilarli darajada kattalashgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan keyin olimlar ekdisteron moddasini doping ro‘yxatiga kiritilishini talab qilishdi. U turli mineral, vitamin va oqsillarga boy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan mahsulotni aniqlashdi