Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Umidjon Salimov «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz holding matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
U bu lavozimda 2018 yildan buyon ishlab kelayotgan Olimjon Xudaynazarovich Saparov o‘rnida ish boshlagan.
Umidjon Salimov 2011-2013 yillarda «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2013-2017 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2017 yil aprelida «O‘zavtosanoat» AJga qaytgan va boshqaruv raisining texnika siyosati va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlagan, o‘sha yilning avgustida «O‘zavtosanoat» AJ raisiga aylangan, ammo 2018 yilning iyunida lavozimdan olinib, ko‘p vaqt o‘tmasdan «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari sifatida kompaniyaga qaytgandi.
U 2019 yil yanvarida Iqtisodiyot vazirligi o‘rnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi