
Bugun, 15 iyuldan boshlab, hududlarda talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
Arizalar ishchi guruhlarda 5 avgustga qadar har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) qabul qilinadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, ishchi guruhlar quyidagi OTMlarda ishlamoqda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpoq davlat universiteti — Ishchi guruh rahbari A.K.Reyimov;
Andijon viloyati — Andijon davlat universiteti — A.S.Yuldashev;
Buxoro viloyati — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — N.R.Barakayev;
Jizzax viloyati — Jizzax politexnika instituti — A.Q.Usmonqulov;
Qashqadaryo viloyati — Qarshi davlat universiteti — B.A.Shoimqulov;
Navoiy viloyati — Navoiy davlat konchilik instituti — Q.Sanaqulov;
Namangan viloyati — Namangan davlat universiteti — M.X.Esanov;
Samarqand viloyati — Samarqand davlat universiteti — R.I.Xalmuradov;
Sirdaryo viloyati — Guliston davlat universiteti — M.T.Xodjiyev;
Surxondaryo viloyati — Termiz davlat universiteti — A.X.Toshqulov;
Farg‘ona viloyati — Farg‘ona politexnika instituti — O.X.Otaqulov
Xorazm viloyati — Urganch davlat universiteti — B.I.Abdullayev;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati — Toshkent davlat texnika universiteti — S.M.Turabjanov.
O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash NIZOMI bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar