Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi.
«O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi Bahodir Eshmuratov ishdan olinib, uning o‘rniga 2016 yildan buyon «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Husanovich Sayidov tayinlandi.
Shuningdek, «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari v.v. b Bahriddin Tojiboyevich Mamadiyev ishdan olinib, uning o‘rniga turli yillarda «O‘zbekneftegaz»da turli lavozimlarda ishlagan Alisher Ismoiljonovich Mirzamahmudov tayinlangan.
Qayd etish kerakki, Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz»ning so‘nggi ikki yarim yildagi beshinchi rahbariga aylandi. 2016 yil dekabrida kompaniyaga bosh vazir o‘rinbosari Ergash Shoismatov (hozir u O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi) rahbar etib tayinlangan. 2017 yil avgustida esa uning o‘rnida Alisher Mustafoyev ish boshlagandi.
2018 yilning 5 iyunida Sharifjon Tursunov «O‘ztransgaz» rahbari etib tayinlandi, biroq besh oylik faoliyatdan so‘ng, 23 noyabr kuni u ham lavozimni tark etib, dekabr oyidan Bahodir Eshmuratov «O‘ztransgaz»ga rahbarlik qila boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)