2 751
Test savolining noto‘g‘riligi isbotlansa, ball faqat da’vogar abituriyentga qo‘shiladimi?
Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari chog‘ida savollarning noto‘g‘ri tuzilgani yuzasidan abituriyentlarning e’tiroz bildirishi, apellyatsiyaga berish holatlari ko‘ch uchramoqda. Agar abituriyent test savolining noto‘g‘riligi yuzasidan murojaat qilsa va haqiqatan ham savolning noto‘g‘riligi isbotlansa, bu savol uchun ball faqat da’vogar abituriyentga qo‘shib beriladimi?
Test topshiriqlarida xuddi shu noto‘g‘ri savol tushgan, lekin apellyatsiya bermagan abituriyentlarga-chi? Ularning boy berilgan balli nima bo‘ladi? Bu haqida Davlat test markazi mutasaddilari “Test sinovi o‘tkazishga oid davlat siyosati: abituriyent va pedagog xodimlarning chet tilini bilish darajasini baholash” mavzusidagi matbuot anjumanida izoh berishdi.
Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i Elvira Urayevaning ma’lumot berishicha, noto‘g‘ri savol bo‘yicha keyinchalik abituriyentga ball berilishi uchun abituriyent tegishli tartibda shikoyat qog‘ozini to‘ldirishi kerak.
“Agar imtihon chog‘ida savolning to‘g‘riligiga abituriyentda shubha tug‘ilsa, buni nazoratchilarga bildirishi va shikoyat blankasiga noto‘g‘riligi taxmin qilinayotgan savolni qayd etishi kerak. Keyinchalik DTM mutaxassislari tomonidan bu e’tirozlar o‘rganib chiqiladi. Agar savolning noto‘g‘riligi isbotlansa, ball qo‘shiladi. Noto‘g‘riligi isbotlagan savol yuzasidan noroziligini yozma asosda taqdim etgan abituriyentlarga ball qo‘shiladi, test topshiriqlarida shu savol tushgan barcha abituriyentlarga emas”, ─ deydi Elvira Urayeva. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi