O‘zbekistonda joriy yilgi test sinovlari ertaga, 29 iyuldan boshlanadi. Mazkur muhim jarayonni o‘tkazish uchun O‘zbekiston bo‘yicha 66ta bino har tomonlama puxta tayyorlangan.
Bugun, 28 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida 2019 yilda oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik mavzusida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IIV hamkorligida 1 ming 155 ta videokuzatuv kameralari va 120 dona mobil aloqalarini to‘suvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari o‘rnatilgan.
Imtihon paytida guruh nazoratchisi vazifasini bajarish uchun tavsiya etilgan 8 ming nafardan ortiq nomzoddan 5 ming 232 nafari saralab olingan. Oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, xalq ta’limidagi rahbar va pedagog xodimlardan iborat nazoratchilar bilan mehnat shartnomalari imzolangan va ularga bir smena uchun 92 ming so‘m haq to‘lanadi.
Anjumanda aytilishicha, joriy o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga tahsil olish uchun 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Shundan 979 ming 436 nafari test sinovlarida qatnashadi. 13 ming 821 nafari kechki ta’lim, 335 ming 7 nafari esa sirtqi ta’lim shakliga ro‘yxatdan o‘tgan. Shu kunga qadar turli sabablar bilan 57 mingga yaqin abituriyent ruxsatnoma olmagan. Ularning bu muammosi tez va ijobiy hal etilishi borasida bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Agar bu abituriyentlar test jarayonlari tugagunga qadar, ya’ni 14 avgustgacha ham ruxsatnomani olishsa imtihonga muammosiz kiritiladi.
Test jarayonlari ikki smenada o‘tkaziladi. Abituriyentlar birinchi smenada soat 07:00 gacha, ikkinchi smenada esa soat 14:00gacha belgilangan binoga ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan ortiqcha buyumlarsiz yetib borishlari zarur. Bir kunda 70 ming nafar abituriyent imtihon topshirishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi