7 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov «xizmat vazifasini lozim tarzda bajarmagan» Lebap viloyati prokurorlari Boyjon Boyjonov va To‘ylimurot Yegenovni ishdan oldi.
«Xroniki Turkmenistana» xabariga ko‘ra, Ko‘ytendag tumani prokurori lavozimni egallagan Boyjonov va Davlatli tumani prokurori lavozimini egallagan Yegenov xizmat vazifasini suiiste’mol qilganlik, davlat mulkini ko‘p miqdorda o‘zlashtirganlik, qo‘shxotinlilik, tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, prokurorlar O‘zbekiston hududidan sigaretalarning kontrabandasi bilan ham shug‘ullanishgan. Rossiyada ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari Tollimarjon shahri yaqinidagi o‘zbek-turkman chegarasidan o‘tkazilgan. Sigaretalar sotib yuborish sharti bilan xususiy do‘konlarga tarqatilgan.
Tergov idoralari e’tiborini prokurorlarning yana bir «biznesi» ham tortgan. Ular chegara yaqinligidan foydalanib, Lebap viloyati uchun ajratilgan benzinni qo‘shni mamlakatga noqonuniy yetkazishni ham yo‘lga qo‘yishgan, ya’ni 3 oy ichida O‘zbekistonga A92 markali 280 tonna benzin sotilgan. «Xroniki Turkmenistana» xabariga ko‘ra, bu fakt bo‘yicha O‘zbekiston ham tergov o‘tkazmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi