
DakRandall nikli «Twitter» foydalanuvchisi joylagan rolik ko‘plab yuzerlar o‘rtasida bahs keltirib chiqardi.
Some guy literally asleep at the wheel on the Mass Pike (great place for it).
— Dakota Randall (@DakRandall) September 8, 2019
Teslas are sick, I guess? pic.twitter.com/ARSpj1rbVn
Videoda 60 mil (salkam 100 km/soat) tezlikda ketayotgan «Tesla» haydovchisi boshini rulga qo‘yib uxlab qolgani tasvirlangan. Uning yonidagi hamrohi ham maza qilib uyquni uryapti. Mashina esa avtopilotda yelib boryapti.
DakRandallning aytishicha, u shu mashinaning yonginasidan o‘tib ketayotib, avval ko‘zlariga ishonmagan. Ko‘rganlarini videoga olib, uyqudagi haydovchini signal berib uyg‘otishga uringan, ammo bir naf chiqmagan.
Albatta, rolik qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar rolik atayin uyushtirilgan degan shubhaga borishdi. Chunki «Tesla» haydovchi qo‘li rulda 30 soniyadan ko‘p vaqt bo‘lmasa baland ovoz chiqarib uyg‘otadigan tizimga ega. Bunaqa signaldan uyg‘onmaslik mumkinmas.
Biroq video muallifi voqea haqiqatan ro‘y bergan, deya oyoq tirab olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar