Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 11 sentyabr kuni soat 03:45da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Ustoz” MFY, Tabassum ko‘chasida joylashgan ikki qo‘shni uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, yong‘in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgani uchun 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari ko‘rsatilgan manzilga yetib borganida imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 04:00 da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 17 km). Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04:05 da qurshab olingan va soat 05:05 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 71-uyning 200 kv. metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda 72-uy darvozaxonasining 10 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘indan 71-uyning uyning 100 kv. metr va 72-uyning esa 200 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in vaqtida 71-uy egasi fuqaro Yo.G‘iyosov kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan (ahvoli qoniqarli).
Yong‘inning taxminiy sababi - sigareta chekishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi