
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni 8-moddasining (Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish) uchinchi qismiga (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi) quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:
- to‘rtinchi xatboshi (Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining) chiqarib tashlanadi;
- beshinchi xatboshi (Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir) to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi.
8-moddaning uchinchi qismi amaldagi tahririga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;
- Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;
- Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir.
ProkuraturaO‘zbekiston RespublikasiHuquqbuzarliklarKorrupsiyaga QarshiOdam SavdosiNormativ Hujjatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar