«Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlik» deydilar.
Abdulla Qodiriy
Do‘stlar, qariyb bir asr oldin, 1915 yilda Qodiriy hazratlarining to‘y haqida yozgan bitiklarini o‘qib juda hayratlandim. E’tiborimni tortgani Qodiriy hazratlari to‘y o‘sha davr insonlarini ham ikkiga ajratib, tabaqalantirib qo‘yayotgani va kim o‘zarga to‘yni bir-biridan oshirib, insonlar bor-budini sarflayotganini kuyinib qalam bilan bitgan ekanlar.
Yana bir jihati Qodiriy boy va faqirlarga murojaat ila «To‘yni Qur’on ham shariat ham amr etmagani» (xalqqa nikohni bildirib qo‘yish aslida joiz ekanligi) va har qanday masalada me’yor bo‘lishi, ayniqsa, to‘ydagi isrofdan saqlanishni juda xohlaganliklari bitiklarda o‘z aksini topgan. Rosti, bu bitiklarni bir necha bora o‘qib, nahotki jamiyatimizda 100 yil oldin ham bu illat bo‘lgani va eng alamlisi uning hozir ham saqlanib qolgani, hatto to‘yni dabdaba bilan o‘tkazish undan ham avj olgani bizni tashvishlantiradi.
Menimcha shunchaki bir da’vat bilan bu illatni yo‘qotib bo‘lmaydi, aksincha har bir shaxs, xoh u davlat arbobi bo‘lsin, xoh fuqaro o‘zini isloh qilishi hamda shaxsiy namuna ko‘rsatsagina bu illatni yo‘qota olish imkoni paydo bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda Siz yoshlar, «mahalla, qo‘ni-qo‘shni va atrofdagilar nima deydi?» degan o‘ylardan saqlaning.
Katta avlod vakillarining e’tiborlarini dabdaba, baxtli yashashingiz uchun shart bo‘lmagan sarpolar, uzundan-uzun kortejlar va barchadan qoladigan «qo‘l-qo‘yib bo‘lmas» deb maqtaniladigan to‘y dasturxonlaridan qaytarib, siz uchun muhim bo‘lgan ota-onangizning oq fotihasi, mo‘’jazgina makon, yaxshi markab, dunyoqarashingizni boyitishi mumkin bo‘lgan kichik sayohat va eng muhimi tinchlik ne’matlarini taqdim etishlarini so‘rang. Quyidagi bitiklarni e’tiboringizga havola qilaman, xulosa esa o‘zingizdan.
To‘y
Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y,
Oqchasi yo‘qni etdi hayron to‘y.
Bir-biridan oshurdilar to‘yni,
Topdi ravnaq, hayrati-la boyon to‘y.
Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y.
Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y.
Ey g‘aniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y?
Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q,
Kori maj’us, kori shayton to‘y.
Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yo‘lamas aslo ahli vijdon to‘y.
O‘tsa to‘y birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yerg‘a yakson to‘y.
Kelingiz do‘stlar, din qarindoshlar,
Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y.
Abdulla Qodiriy, Sadoyi Turkiston
1915 yil, 64-son, 20 mart, 2-bet
*G‘aniy - boy.
*Kori maj’us - maj’usiyning (otashparastning) ishi
----------------------------
Alisher Sa’dullayev
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi